«Santos» Braziliya Kubogidan chiqib ketdi. Klub Neymar jamoasi birinchi uchrashuvda «Palmeyras»ga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan va javob bahsida kamomadni qoplashga umid qilgan edi. Biroq maydon gazoni juda yomon holatda bo‘lgani sababli buning imkoni bo‘lmadi — jamoalar o‘zaro gol urolmay, 0:0 hisobida durang o‘ynadi.
«Maydon uchun mas’ul inson haqida alohida to‘xtalib o‘tmoqchiman. Men hech qachon bunday gazonda o‘ynamaganman. O‘yindan bir kun oldin maydon qazib tashlangani, natijada u to‘liq chuqur-chuqur bo‘lib qolgani aqlga sig‘maydi. Maydon amalda biz uchun raqibga aylandi: notekisliklar tufayli to‘xtash va tezlashish bizga juda qiyin bo‘ldi», — deya Neymarning so‘zlarini derbyderbyderby.it keltirdi.
Neymar 2025 yildan beri «Santos» safida o‘ynab kelmoqda.













