Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya 1-0 Yaponiya

Fernandesh: «Penaltidan urgan gollarim sabab odamlar nolisa, menga yoqadi»

Fernandesh: «Penaltidan urgan gollarim sabab odamlar nolisa, menga yoqadi»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandesh o‘zining penaltidan urgan gollariga jamoatchilikning munosabati haqida gapirdi.

Portugaliyalik yarim himoyachi «qizil iblislar» safida jami 110 ta gol urgan, shulardan 43 tasini penaltidan kiritgan.

«Men penaltidan gol urishni yaxshi ko‘raman, chunki odamlar bu sababli doimo nolishadi. Bu menga yoqadi, shikoyat qilishda davom etishsin!» — dedi Brunu jilmayib. Uning so‘zlarini UtdDistrict keltirdi.

Fernandesh yaqinda Premyer-ligada «Ipsvich»ga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etdi. Uchrashuv «Manchester Yunayted»ning 5:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan. Yarim himoyachining uchta golidan biri penaltidan urilgan.

Kiritildi: 06:13, 04.09.2026.
O'qildi: 645 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик