«Milan» yarim himoyachisi Luka Modrich Xorvatiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashni rejalashtirmayapti.
Yoz boshidayoq matbuotda yarim himoyachi faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Biroq iyul oyida futbolchi «rossoneri» bilan shartnomasini yana bir yilga uzaytirdi. Ko‘rinishidan, Modrich terma jamoadagi faoliyatini ham yakunlamoqchi emas: Madrid Xtra RTL manbasiga tayanib xabar berishicha, tajribali futbolchi Xorvatiya milliy jamoasi safida o‘ynashda davom etishga qaror qilgan.
Luka Modrich Xorvatiya terma jamoasida 2006 yilda debyut qilgan. U umumiy hisobda 202 ta uchrashuv o‘tkazib, 29 ta gol va 32 ta golli uzatma qayd etgan. 9 sentyabr kuni «Real»ning sobiq futbolchisi 41 yoshni qarshilaydi.













