Braziliyalik yarim himoyachi Anderson Taliska Turkiyaning «Fenerbaxche» klubini tark etdi. Bu haqda jamoaning rasmiy sayti xabar berdi.
32 yoshli futbolchi bilan shartnoma tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida bekor qilindi. Taliska 2025 yildan beri jamoa safida o‘ynab kelayotgan edi. U «Fenerbaxche» tarkibida 80 ta o‘yin o‘tkazib, 37 ta gol urdi va 14 ta golli uzatma amalga oshirdi. Shuni ta’kidlash kerakki, futbolchi fevral oyida shartnomasini 2028 yilgacha uzaytirgan edi.
«Fenerbaxche»dan tashqari, Taliska «Benfika», «An-Nasr», «Baiya», «Beshiktash» va «Guanchjou Evergrand» klublari sharafini himoya qilgan.
Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 7 million yevro deb baholamoqda.













