«Lans» uzoq muddatga safdan chiqqan Mayk Navroskining o‘rnini to‘ldirish maqsadida «Bavariya»ning sobiq himoyachisi Rafael Gerreyruni tarkibga qo‘shish bo‘yicha muzokaralarni qayta boshladi. Bu haqda 433Foot xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, fransuz klubining sport direktori Jan-Lui Leki 3 sentyabr, payshanba kuni avval Fransiyada «Loryan» va «Kan» klublarida to‘p tepgan 32 yoshli portugaliyalik futbolchining vakillari bilan bog‘langan.
Gerreyru 2023 yildan buyon «Bavariya» safida o‘ynagan. U Myunxen klubi tarkibida barcha musobaqalarda 95 ta uchrashuv o‘tkazib, 14 ta gol urgan va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan.













