Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Laport yozda «Barselona»ga o‘tmoqchi bo‘lgan

Laport yozda «Barselona»ga o‘tmoqchi bo‘lgan

Baho:
+ | -

Bilbaoning «Atletik» klubi markaziy himoyachisi Emerik Laport o‘tgan yozda «Barselona»ga o‘tishni istagan.

Kataloniyaliklar 32 yoshli futbolchining nomzodini jiddiy ko‘rib chiqqan. Laportning o‘zi ham «Barselona»ga qo‘shilish g‘oyasini ma’qullagan, biroq «Atletik» futbolchi bilan xayrlashishni istamagani sabab transfer amalga oshmagan.

Transfermarkt portali Laportning bozor qiymatini 8 mln yevroga baholamoqda. Tajribali markaziy himoyachining bask klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Yakshanba kuni «Barselona» safarda «Valensiya»ga qarshi maydonga tushadi. Bir kun avval esa «Atletik» o‘z maydonida Madridning «Atletiko» klubini qabul qiladi.

Kiritildi: 08:39, 04.09.2026.
O'qildi: 1272 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик