Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya 1-0 Yaponiya

Gasperini Manu Kone transferi haqidagi xabarlarga izoh berdi

Gasperini Manu Kone transferi haqidagi xabarlarga izoh berdi

Baho:
+ | -

"Roma" bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini yozgi transferlar oynasida Manu Konining amalga oshmay qolgan transferi haqida fikr bildirdi. Fransiyalik yarim himoyachiga Londonning "Chelsi" klubi qiziqish bildirgan edi.

"Kone bo‘yicha bitimda men umuman ishtirok etmadim. Transfer oynasining so‘nggi kuni Manu uchun hech qanday taklif olmadik. Qolaversa, bitimni amalga oshirish uchun vaqt ham qolmagan edi", — deya Gasperinining so‘zlarini insayder Fabrisio Romano keltirdi.

25 yoshli yarim himoyachi 2024 yil avgustidan beri "Roma" sharafini himoya qilib kelmoqda.

Konining Rim klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan. Uning bozor qiymati 50 million yevro atrofida baholanmoqda.

Kiritildi: 10:52, 04.09.2026.
O'qildi: 689 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик