Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Barselona" muxlislari ayol futbolchini Rafinya bilan adashtirib yuborishdi

"Barselona" muxlislari ayol futbolchini Rafinya bilan adashtirib yuborishdi

Baho:
+ | -

"Barselona" mashg‘ulot bazasi yaqinida kulgili holat yuz berdi.

Ayrim muxlislar "Barselona" ayollar jamoasi hujumchisi Kerolinni erkaklar jamoasi futbolchisi Rafinya Dias bilan adashtirib yuborishdi.

Muxlislardan biri futbolchi kamida ikki daqiqaga to‘xtab, avtograf berishi va suratga tushishi kerakligini aytib, norozilik bildirgan.

"Men Rafinya emasman. Men ayol kishiman!" — dedi Kerolin mashinasidan turib.

26 yoshli Kerolin Nikoli "Barselona" tarixidagi eng qimmat ayol futbolchi hisoblanadi. Kataloniya klubi uni "Manchester Siti"dan taxminan 1,5 million yevroga xarid qilgan.

Bunga qadar "Barselona" bir nafar ayol futbolchi transferi uchun 1 million yevrodan ortiq mablag‘ sarflamagan edi.

Kiritildi: 10:59, 04.09.2026.
O'qildi: 1553 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик