"Manchester Yunayted" va "Galatasaroy"ning sobiq vingeri Uilfrid Zaxa faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, "Roma" 33 yoshli futbolchini jamoaga taklif qilish variantini ko‘rib chiqmoqda. Rimliklar bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini hujum chizig‘ini kuchaytirishni istamoqda.
Zaxa "Galatasaray"ni tark etganidan so‘ng erkin agent maqomida qolgan. Shu sababli "Roma" uni transfer tovoni to‘lamasdan o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.
Futbolchi so‘nggi bir yarim yilni AQSHning "Sharlott" klubida ijara asosida o‘tkazdi. 2026 yilda u 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Roma" A Seriyaning dastlabki ikki turidan keyin 6 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.













