Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

"Bunyodkor" — "Surxon": o‘zaro o‘yinlarda ustunlik kim tomonda?

"Bunyodkor" — "Surxon": o‘zaro o‘yinlarda ustunlik kim tomonda?

Baho:
+ | -

Bugun, 4 sentyabr kuni O‘zbekiston Superligasining 20-turi doirasida "Bunyodkor" va "Surxon" jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. Uchrashuv soat 18:00 da boshlanadi.

Jamoalarning chempionat doirasidagi o‘zaro o‘yinlari tarixida hozirga qadar 15 ta uchrashuv qayd etilgan. Ularda "Bunyodkor" 8 marta g‘alaba qozongan bo‘lsa, "Surxon" 6 ta bahsda ustun kelgan. Faqat bitta uchrashuvda g‘olib aniqlanmagan.

To‘plar nisbatida ham poytaxt klubi ustun — 23:16. "Bunyodkor"ning ushbu raqib ustidan eng yirik g‘alabasi 5:1 hisobida qayd etilgan. "Surxon" esa "qaldirg‘ochlar"ni eng yirik hisobda 3:1 va 2:0 natijalari bilan mag‘lub etgan.

Qizig‘i, jamoalar o‘rtasida durang juda kam kuzatilgan. Yagona durang aynan joriy mavsumning birinchi davrasida qayd etildi. 11 mart kuni Termizda o‘tgan bahsda tomonlar 0:0 hisobida murosa qilgan. 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 13:26, 04.09.2026.
O'qildi: 701 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик