Italiya kubogining 1/16 final bosqichida aksariyat uchrashuvlar o‘tkazildi va 1/8 final setkasi deyarli to‘liq shakllandi.
Reglamentga ko‘ra, o‘tgan mavsum A Seriyada eng yuqori o‘rinlarni egallagan sakkizta jamoa musobaqadagi ishtirokini to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1/8 finaldan boshlaydi. Ushbu bosqich uchrashuvlari qishda o‘tkaziladi.
1/16 finalda "Verona" safarda "Kalyari"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. "Palermo" "Mantova" ustidan 5:2 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. "Kremoneze" "Parma"ni 2:0, "Monsa" esa "Torino"ni 1:0 hisobida musobaqadan chiqarib yubordi.
"Sassuolo" — "Frozinone" uchrashuvining asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida "Sassuolo" 5:4 hisobida ustun keldi. "Udineze" esa "Venesiya"ni 2:1 hisobida yengdi.
1/16 finalning so‘nggi ikki uchrashuvi 15 sentyabr kuni o‘tkaziladi. Unda "Jenoa" "Zyuydtirol" bilan, "Fiorentina" esa "Piza" bilan kuch sinashadi.
1/8 final juftliklari:
"Inter" — "Jenoa"/"Zyuydtirol"
"Bolonya" — "Palermo"
"Milan" — "Monsa"
"Komo" — "Kremoneze"
"Roma" — "Verona"
"Yuventus" — "Sassuolo"
"Atalanta" — "Udineze"
"Napoli" — "Fiorentina"/"Piza"
1/8 final g‘oliblari bitta o‘yin orqali aniqlanadi va bahslar saralangan jamoalar maydonida bo‘lib o‘tadi. Yarim final esa an’anaviy tarzda ikki uchrashuvdan iborat bo‘ladi.
Italiya kubogining 2026/27 mavsum finali 2027 yilning 19 may kuniga rejalashtirilgan.














