Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Uorton "Kristal Pelas"ni tark etish imkoniyatidan voz kechdi

Uorton "Kristal Pelas"ni tark etish imkoniyatidan voz kechdi

Baho:
+ | -

"Kristal Pelas" bosh murabbiyi Pyer Saj yarim himoyachi Adam Uorton uchun yozgi transfer oynasida takliflar kelib tushganini tasdiqladi. Biroq futbolchining o‘zi jamoada qolish tarafdori bo‘lgan.

Saj qiziqish bildirgan klublar nomini oshkor qilmadi. Shu bilan birga, yoz boshida "Liverpul" 22 yoshli angliyalik futbolchiga jiddiy qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgandi. Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar Uortonni kuzatishda davom etmoqda va 2027 yilda uning transferiga qaytishi mumkin.

"Biz Uorton bo‘yicha takliflar oldik, ammo klub o‘z pozisiyasida qat’iy turdi. Futbolchi ham bu qarorni to‘liq qo‘llab-quvvatladi. U men bilan ehtimoliy ketish haqida hech qachon gaplashmagan. Menimcha, u faoliyatini juda aqlli boshqaryapti", — dedi Saj.

Qizig‘i, yozda Uortonga "Manchester Siti" ham qiziqish bildirgan. "Kristal Pelas" esa futbolchini sotish niyati yo‘qligini ma’lum qilgan.

Saj shuningdek, Ismoila Sarrning "Liverpul"ga amalga oshmay qolgan transferi haqida ham gapirdi. Murabbiyning aytishicha, senegallik futbolchi bu vaziyatni qabul qilishi uchun vaqt kerak. Ayni paytda Sarr jarohatidan ham tiklanmoqda.

Sarr avvalroq "Galatasaroy"dan taklif olgan, shuningdek, "Al-Hilol" bilan ham bog‘lanmoqda. 

Kiritildi: 14:50, 04.09.2026.
O'qildi: 642 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик