Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton 2-2 Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone 3-2 Venetsiya
06/09 18:00 Parma 1-1 Monsa
06/09 19:15 Valensiya 0-5 Barselona
06/09 20:30 Arsenal 2-1 Chelsi
06/09 21:00 Bolonya 2-2 Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga 0-0 Levante
06/09 21:30 Alaves 5-2 Osasuna
06/09 23:45 Yuventus 1-1 Milan
07/09 00:00 Espanyol 1-1 Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio
08/09 00:30 Elche - Real Sosyedad

Martinelli nega "Arsenal"dan ketdi?

Martinelli nega "Arsenal"dan ketdi?

Baho:
+ | -

Gabriel Martinelli "Arsenal"ni tark etib, Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubiga o‘tdi. football.london ma’lumotiga ko‘ra, transfer qiymati 60 mln funtni tashkil etgan.

Bu "Arsenal" tarixida futbolchi sotuvidan olingan eng katta mablag‘ bo‘ldi. Avvalgi rekord Aleks Oksleyd-CHemberlenga tegishli edi — londonliklar uni 35 mln funtga sotgan.

Martinellining "Arsenal"dagi mavqei Jahon chempionatidan keyin pasaygan. Eberechi Eze asosiy tarkib uchun kurashda braziliyalikdan ustunlikka ega bo‘la boshlagan. Manbaga ko‘ra, klub yangi futbolchi topishidan oldinroq Martinellini sotishga qaror qilib bo‘lgan.

"Galatasaroy" 25 yoshli vinger uchun 38 mln funt taklif qilgan, ammo bu "Arsenal" talabiga javob bermagan. Keyinroq muzokaralarga "Al-Hilol" qo‘shilib, londonliklar so‘ragan mablag‘ni to‘lashga rozi bo‘lgan.

Martinellining "Manchester Siti" va "Koventri"ga qarshi o‘yinlar qaydnomasiga kiritilmagani ham muhokamalarga sabab bo‘lgandi. "Arsenal" afsonasi Ian Rayt klubning futbolchiga munosabatini tanqid qilgan.

"Hozir Martinelliga qanday munosabatda bo‘linayotganini ko‘rib, o‘zimni noqulay his qilyapman. U bu jamoa uchun yetarlicha ish qildi va biroz ko‘proq hurmatga loyiq", — degandi Rayt.

Martinelli 2019 yildan buyon "Arsenal" safida 278 ta uchrashuvda maydonga tushib, 62 ta gol urdi. Uning eng sermahsul mavsumi 2022/23 yillarga to‘g‘ri kelib, Premyer-ligada 15 ta gol qayd etgan. O‘tgan mavsumda esa APLda atigi bir marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Braziliyalik futbolchi shu hafta Saudiya Arabistonida tibbiy ko‘rikdan o‘tib, "Al-Hilol"ga transferini yakunladi.

Kiritildi: 14:53, 04.09.2026.
O'qildi: 1205 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик