Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Al-Ittihod" Mussa Diabi o‘rniga yangi vinger topdi

"Al-Ittihod" Mussa Diabi o‘rniga yangi vinger topdi

Baho:
+ | -

Jurnalist Santi Auna ma’lumotiga ko‘ra, "Al-Ittihod" "Feyenoord" vingeri Anis Haj Mussani sotib olish uchun 37,5 million yevrolik yangi taklif yubordi.

Avvalroq Saudiya Arabistoni klubining 30 million yevrolik taklifi niderlandiyaliklar tomonidan rad etilgan edi.

Yaqinda "Benfika" yarim himoyachisi Richard Riosni ijaraga olgan "Al-Ittihod" endi asosiy e’tiborini Haj Mussa transferiga qaratgan.

Klub jazoirlik vingerni yaqinda sobiq jamoasi "Bayer"ga qaytgan Mussa Diabining o‘rniga munosib nomzod sifatida ko‘rmoqda.

Shuningdek, "Al-Ittihod" Haj Mussaga moliyaviy jihatdan jozibador 4 yillik shartnoma taklif qilgan.

Futbolchi 2026 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan.

Kiritildi: 15:30, 04.09.2026.
O'qildi: 927 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик