Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Mourinyo maqtagan futbolchi transfer takliflarini rad etdi

Mourinyo maqtagan futbolchi transfer takliflarini rad etdi

Baho:
+ | -

Diario AS ma’lumotiga ko‘ra, "Real" himoyachisi Joan Martines yozda bir nechta transfer taklifini rad etgan va "Kastilya"da qolib, Joze Mourinyo qo‘l ostida asosiy jamoaga kirish uchun kurashishga qaror qilgan.

"Real" yozda bir qator "Kastilya" futbolchilarini sotib, Yan Diomande kabi asosiy jamoa uchun yirik transferlarni moliyalashtirish maqsadida sezilarli mablag‘ ishlab topgan. Ammo Martines shoshilmaslik va o‘z imkoniyatini kutish yo‘lini tanlagan.

19 yoshli himoyachi o‘tgan mavsumda 36 ta uchrashuvda maydonga tushgan. U shu bilan birga avvalroq olgan old xochsimon bog‘lam jarohatidan bosqichma-bosqich tiklangan.

Martines mavsumoldi o‘yinlarida "Fiorentina" va "Ferensvarosh"ga qarshi bahslarda Mourinyo qo‘l ostida maydonga tushgan va portugaliyalik mutaxassisdan maqtov ham olgan.

La Liga boshlanganidan beri u hali biror marta o‘yin qaydnomasiga kiritilmagan. Shunga qaramay, asosiy jamoaga yo‘l uning uchun ochiq qolmoqda.

Klub sport rahbariyati Martinesning asosiy tarkib bilan muntazam mashg‘ulot o‘tkazishini kutmoqda. Bu esa jarohatlar yoki rotasiya tufayli zarurat tug‘ilsa, unga birinchi jamoada imkoniyat berilishi mumkinligini anglatadi.

Kiritildi: 17:05, 04.09.2026.
O'qildi: 2385 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик