Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing
17/09 18:00 Navbahor 3-2 Dinamo
17/09 22:00 Betis 1-0 Xetafe
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro

«Torino» futbolchisi ijara asosida Turkiyaga yo‘l oladi

«Torino» futbolchisi ijara asosida Turkiyaga yo‘l oladi

Baho:
+ | -

«Torino» Tino Anjorinning «Gyoztepe»ga ijara asosida o‘tishi bo‘yicha kelishuvga erishdi, deya xabar bermoqda Football Italia.

24 yoshli angliyalik yarimhimoyachi Turkiya klubida bir mavsum ijarada o‘ynaydi va mavsum yakunida uni taxminan 6 million yevro evaziga sotib olish imkoniyati mavjud bo‘ladi.

Anjorin «Chelsi» akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 2024 yilda «Empoli»ga o‘tgan va o‘tgan yozda 4,5 million yevro evaziga «Torino» safiga qo‘shilgan edi.

Shu bilan birga, «Torino»ning yana bir yarimhimoyachisi Gvidas Gineytisni «Seltik»ka sotish bo‘yicha muzokaralar transfer oynasi yopilguniga qadar yakunlanmadi.

«Seltik» litvalik futbolchini qishki transfer oynasida yana o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘rishi kutilmoqda.

Kiritildi: 20:41, 04.09.2026.
O'qildi: 790 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик