Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton 2-2 Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone 3-2 Venetsiya
06/09 18:00 Parma 1-1 Monsa
06/09 19:15 Valensiya 0-5 Barselona
06/09 20:30 Arsenal 2-1 Chelsi
06/09 21:00 Bolonya 2-2 Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga 0-0 Levante
06/09 21:30 Alaves 5-2 Osasuna
06/09 23:45 Yuventus 1-1 Milan
07/09 00:00 Espanyol 1-1 Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio
08/09 00:30 Elche - Real Sosyedad

De Bryuyne Enso Fernandes haqida: "U hali mening darajamga yaqin ham emas"

De Bryuyne Enso Fernandes haqida: "U hali mening darajamga yaqin ham emas"

Baho:
+ | -1

"Manchester Siti" afsonasi Kevin de Bryoyne Enso Fernandesni o‘zining vorisi sifatida ko‘rishga hali erta, deb hisoblaydi.

Argentinalik futbolchi "Siti"ga Britaniya futboli uchun rekord summa evaziga o‘tdi. Biroq de Bryoyne uni hozircha o‘zi bilan taqqoslash to‘g‘ri emasligini aytdi.

"Manchester Siti" muxlislari Fernandesni mening vorisim deb atayaptimi? Rostini aytsam, bu biroz oshirib yuborish. Enso yaxshi futbolchi. Unda klass va salohiyat bor, juda muhim yarim himoyachiga aylanishi mumkin.

Ammo ochig‘ini aytsam, u hali men "Manchester Siti"da o‘ynagan darajaga yaqin ham emas", — deya de Bryoyne so‘zlarini Goal keltirdi.

Belgiyalik sobiq futbolchi Fernandes uchun to‘langan katta summa uning atrofida ortiqcha kutilmalarni paydo qilayotganini ham ta’kidladi.

"Ba’zida odamlar uni transfer narxi va Argentina terma jamoasi bilan erishgan yutuqlari sabab ortiqcha baholayotgandek tuyuladi.

125 million funt to‘langani seni avtomatik ravishda jahon darajasidagi yarim himoyachiga aylantirmaydi. U hali ko‘p narsani isbotlashi kerak.

Agar u mening vorisim bo‘lishni istasa, buni maydondagi o‘yini bilan ko‘rsatishi lozim. Mening 17-raqamimni tanlash — bir masala, Kevin de Bryoyneni almashtirish esa butunlay boshqa masala", — dedi u.

Fernandes avvalroq 17-raqamni tanlashi de Bryoyne bilan bog‘liq emasligini aytgan edi. U Argentina terma jamoasida ham ilk bor aynan shu raqamda o‘ynagan.

Kiritildi: 22:58, 04.09.2026.
O'qildi: 1154 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик