Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

SPL. «Al-Ahli»dan yirik g‘alaba, «Al-Hilol» ham uch ochko oldi

SPL. «Al-Ahli»dan yirik g‘alaba, «Al-Hilol» ham uch ochko oldi

Baho:
+ | -

«Al-Ahli» Saudiya Arabistoni chempionatining 5-turidan o‘rin olgan uchrashuvda o‘z maydonida «Ar-Riyod»ni 5:0 hisobida tor-mor etdi.

Bahs 4 sentyabr kuni Jidda shahridagi «King Abdulla Sports Siti» stadionida bo‘lib o‘tdi.

16-daqiqada Ayvan Touni penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim oxirida Eduard Spersyan ham raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Bu armanistonlik yarim himoyachining «Al-Ahli» safida o‘tkazgan yettita uchrashuvidagi yettinchi samarali harakati bo‘ldi.

Tanaffus arafasida Fransishku Trinkau yana bir gol urib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.

Ikkinchi bo‘limda Touni yana penaltidan unumli foydalanib, dubl qayd etdi. 87-daqiqada Naif Masud mehmonlar darvozasiga beshinchi golni kiritdi.

Parallel uchrashuvda «Al-Hilol» safarda «Ash-SHabab»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Ikkinchi bo‘limda Sergey Milinkovich-Savich va Ruben Nevesh gol urdi. Nevesh o‘z golini penaltidan kiritdi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:38, 05.09.2026.
O'qildi: 1097 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик