«Pari Sen-Jermen» bosh murabbiy Luis Enrike bilan amaldagi shartnomani uzaytirganini klub matbuot xizmati ma’lum qildi.
56 yoshli ispaniyalik mutaxassis bilan tuzilgan yangi kelishuv 2030 yilgacha mo‘ljallangan.
Luis Enrike 2023 yilda «PSJ» bosh murabbiyi etib tayinlangan. Bunga qadar u Ispaniya terma jamoasi, «Barselona» va boshqa klublarni boshqargan.
Ispaniyalik murabbiy qo‘l ostida parijliklar uch marta Fransiya chempionati va Fransiya Superkubogini, ikki martadan Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va Fransiya kubogini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, jamoa bir marta Qit’alararo kubokda ham g‘olib chiqqan.













