«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Fransiya chempionati doirasida «Monako»ga qarshi o‘tkazilgan va 1:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan uy uchrashuvidan so‘ng fikr bildirdi.
«Ko‘rganlarimdan mamnunman. Bu mavsumning faqat boshlanishi va biz hali o‘zimizning haqiqiy darajamizga chiqmadik. Ammo juda ko‘p ijobiy jihatlarni ko‘rdim.
Men uchun bir narsa aniq — biz g‘alabaga loyiq edik. xG ko‘rsatkichiga qarang. Lekin futbol shunday o‘yin — shuning uchun ham u ajoyib sport turi.
Natijani qanday izohlayman? Futbolni ba’zan tushuntirib bo‘lmaydi. Futbolchilarning ruhiyatini alohida ta’kidlamoqchiman. Bu juda qiziq chempionat bo‘ladi. Biz kelajakka tayyorlanishimiz kerak», — dedi Enrike Ligue 1+ efirida.
Keyingi turda «PSJ» safarda «Brest»ga qarshi maydonga tushadi.













