Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/09 19:00 Dinamo 1-0 Qizilqum
10/09 19:00 Andijon 2-1 Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm 0-0 So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche 1-1 Roma
10/09 21:45 PSV 1-1 Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted 4-0 Sabah
10/09 23:59 Bavariya 5-0 Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo 4-1 RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya 2-3 Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

Filipe Luis: «PSJ» hozir dunyoning eng kuchli jamoasi»

Filipe Luis: «PSJ» hozir dunyoning eng kuchli jamoasi»

Baho:
+ | -

«Monako» bosh murabbiyi Filipe Luis Fransiya chempionatining 3-turida «PSJ» ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng fikr bildirdi.

«Albatta, bu «Monako» uchun mavsumning juda yaxshi boshlanishi. Lekin baribir xotirjamlikni saqlayapman, chunki har bir o‘yinga alohida yondashishni istayman.

Har qanday holatda ham futbolchilarimning bugungi o‘yinidan juda mamnunman. Ayniqsa, ularning kayfiyati va jasorati bilan faxrlanaman. Axir biz hozirgi kunda dunyoning eng kuchli jamoasiga qarshi o‘ynadik. Bu faqat futbolchilar sifati emas, taktik jihatdan ham shunday.

Men futbolchilarimdan juda mamnunman, ammo murabbiy sifatida hozirdanoq keyingi o‘yin haqida o‘ylashim kerak. Uzoq kelajakka qarab bo‘lmaydi, chunki murabbiylik ishida haftadan haftaga yashaysan. Natijalardan tashqari, mening vazifam futbolchilarimdan maksimumni olish va ularni har kuni yaxshiroq qilish. Shuning uchun bugun xursandman, chunki g‘alaba qozonganingda barchasi biroz osonroq bo‘ladi.

O‘yin boshida juda yuqori pressing qilishga harakat qildik. Ammo «PSJ» ba’zan yuqori texnik mahorat va doimiy harakatlanish hisobiga bu bosimdan yaxshi chiqib ketdi. Ular bunday pressingdan qanday chiqishni biladi. Shuning uchun to‘psiz o‘yinda o‘rta yoki past blokda ham to‘g‘ri joylashishni bilish kerak.

Birinchi bo‘lim biz uchun oson kechmadi, garchi to‘p bilan yomon ko‘rinmagan bo‘lsak ham. Shu bois tanaffusda hammasi yomon emasligini, ammo qarorlarni sifatliroq qabul qilishimiz va hujumlarni yakunlashda yaxshiroq harakat qilishimiz kerakligini aytdim.

Ikkinchi bo‘limda ancha yaxshi o‘ynadik. «PSJ»ning jismoniy holati eng yaxshi darajada emasligi ham sezildi va shu tufayli to‘p nazoratini ko‘proq qo‘lga oldik. Ko‘proq vaziyatlar yaratdik va ulardan biri birinchi golga olib keldi. Shundan keyin o‘yin taqdirini o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldik.

So‘ngra barchamiz birgalikda sabr qilishimiz va natijani himoya qilishimiz kerak edi. Shuning uchun bu yerdan g‘alaba bilan ketayotganimizdan juda xursandman», — dedi Luis klub rasmiy saytiga.

«Monako» dastlabki 3 ta o‘yinning barchasida g‘alaba qozonib, 9 ochko bilan Liga 1 turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. «PSJ» esa 2 ochko bilan 12-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 07:53, 05.09.2026.
O'qildi: 658 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик