Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

19 yoshli Lamin Yamal «Barselona» sardorlari qatoriga kirdi

19 yoshli Lamin Yamal «Barselona» sardorlari qatoriga kirdi

Baho:
+ | -

«Barselona» joriy mavsum uchun jamoaning besh nafar sardorini tanladi.

Mundo Deportivo ma’lumotiga ko‘ra, asosiy ikki sardorni bosh murabbiy Xans-Diter Flik shaxsan belgilagan. Birinchi sardor Rafinya Dias, ikkinchisi esa Pedri bo‘ladi.

Qolgan uch nafar sardor futbolchilar o‘rtasidagi ovoz berish orqali aniqlangan. Erik Garsiya uchinchi, Frenki de Yong to‘rtinchi, 19 yoshli Lamin Yamal esa beshinchi sardor etib tanlangan.

Qayd etilishicha, avvalroq Flik Frenki de Yongni sardorlar ro‘yxatidan chiqargan edi. Endi niderlandiyalik futbolchi yana sardorlik bog‘ichini taqish huquqiga ega bo‘ldi, garchi hozirda u jarohat sabab maydonga tusha olmayapti.

Yakshanba kuni «ko‘k-anorranglilar» La Liganing 4-turida safarda «Valensiya»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 08:03, 05.09.2026.
O'qildi: 815 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик