Kirish Ro'yxatdan o'tish

Sneyder: "Real" "Inter"dan nufuzliroq klub"

Sneyder: "Real" "Inter"dan nufuzliroq klub"

Baho:
+ | -

Niderlandiyalik sobiq futbolchi Uesli Sneyder hamyurti Denzel Dyumfrisning "Inter"dan "Real"ga o‘tishi haqida fikr bildirdi.

"Agar seni "Real" chaqirsa, borish kerak. Bu mutlaqo boshqa darajadagi klub. Dyumfris endi Milandagidan ham yaxshiroq o‘ynashi kerak. "Real" "Inter"ga qaraganda nufuzliroq klub.

"Qaymoqranglilar"ga juda katta bosim bo‘ladi, ammo Denzelda u yerda o‘ynab ketish uchun barcha kerakli sifatlar bor. U "Inter"da yuqori darajaga chiqdi", — dedi Sneyder.

Dyumfris madridliklar safiga 20 million yevro evaziga o‘tdi. 30 yoshli futbolchi "Real" bilan 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

Kiritildi: 11:07, 05.09.2026.
O'qildi: 806 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик