Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

"Tottenxem" Risharlison bilan shartnomani bekor qilishni ko‘rib chiqmoqda

"Tottenxem" Risharlison bilan shartnomani bekor qilishni ko‘rib chiqmoqda

Baho:
+ | -

"Tottenxem"ning braziliyalik hujumchisi Risharlison jamoani erkin agent maqomida tark etishi mumkin. Bu haqda talkSPORT xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, "shporlar" futbolchi bilan shartnomani muddatidan avval bekor qilish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bunga jamoa bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi Risharlisonni o‘z rejalariga kiritmayotgani sabab bo‘lmoqda.

O‘tgan yozda Risharlison "Everton"ga o‘tishi mumkin edi, ammo transfer amalga oshmadi. Hozirda unga "Trabzonspor" qiziqish bildirmoqda. Tomonlar shartnoma shartlarini kelishib olgan, biroq Turkiyada transfer oynasi allaqachon yopilgan.

Shu sababli "Tottenxem" Risharlisonni yangi klubiga bepul o‘tishiga imkon berish uchun u bilan amaldagi shartnomani bekor qilishi mumkin.

29 yoshli futbolchining "Tottenxem" bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 25 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 12:01, 05.09.2026.
O'qildi: 810 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик