Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Jeko Kompani haqida: «Biz musiqa tinglardik, u esa noutbukda nimanidir o‘rganardi»

Jeko Kompani haqida: «Biz musiqa tinglardik, u esa noutbukda nimanidir o‘rganardi»

Baho:
+ | -

Hozirda «Shalke» safida to‘p surayotgan «Manchester Siti»ning sobiq hujumchisi Edin Jeko sobiq jamoadoshi, ayni paytda «Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani haqida fikr bildirdi.

«Kompani allaqachon aql bovar qilmas darajadagi muvaffaqiyatlarga erishdi. U doimo yetakchi edi, shuning uchun bu meni umuman ajablantirmaydi. Odatda biz avtobusning orqa qismida Leskott va Kolarov bilan birga o‘tirib, musiqa tinglardik. Kompani esa yonimizda noutbukiga qarab, doimo nimanidir o‘rganib o‘tirardi.

U «Byornli»ni Premyer-ligaga olib chiqqanidan keyin unga: «Endi hammasini tushundim», deb yozgandim. U bilan uchrashuvni sabrsizlik bilan kutyapman», — dedi Jeko Süddeutsche Zeitung nashriga.

Germaniya chempionati 2-turidan o‘rin olgan «Shalke» — «Bavariya» uchrashuvi 5 sentyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tadi. Bosh hakamning start hushtagi Moskva vaqti bilan soat 19:30 da chalinadi.

Kiritildi: 13:33, 05.09.2026.
O'qildi: 743 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик