«Santos» hujumchi Neymarning jarohat olganini ma’lum qildi.
Braziliya klubi xabariga ko‘ra, 34 yoshli futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan va uning o‘ng son qismi mushaklarida jarohat aniqlangan.
Globo nashri ma’lumotiga ko‘ra, bunday jarohatdan tiklanish odatda to‘rt haftadan sakkiz haftagacha vaqt olishi mumkin.
Neymar 2 sentyabr kuni Braziliya kubogi chorak finalining «Palmeyras»ga qarshi javob uchrashuvida noqulaylik his qilgan. 0:0 hisobida yakunlangan bahsda u birinchi bo‘limdan keyin almashtirilgan.
Joriy mavsumda Neymar «Santos» safida barcha musobaqalar doirasida 24 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













