Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/09 00:00 Real Sosyedad 0-0 Selta
04/09 18:00 Bunyodkor 0-1 Surxon
04/09 19:00 Navbahor 1-1 Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf 6-2 Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor 3-0 Andijon
04/09 23:45 Jenoa 1-4 Komo
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl 2-2 Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona 5-2 Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina 1-2 Torino
05/09 19:00 Brentford 1-1 Sanderlend
05/09 19:00 Brayton 1-1 Lids
05/09 19:00 Fulhem 2-3 Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti 1-0 Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest 0-0 Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao 3-0 Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum 3-2 Buxoro
05/09 21:00 Inter - Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano - Rasing
05/09 21:30 Xall Siti - Aston Villa
05/09 23:45 Roma - Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal - Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya

Islom Ahmedov: "Qizil kartochka barcha rejamizni buzib yubordi"

Islom Ahmedov: "Qizil kartochka barcha rejamizni buzib yubordi"

Baho:
+ | -

"Andijon" bosh murabbiyi Islom Ahmedov Superliganing 20-turida "Paxtakor"dan uchralgan 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Mutaxassis avvalo Toshkentga jamoani qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan muxlislardan uzr so‘radi.

"Mag‘lubiyat uchun Andijondan tashrif buyurgan muxlislarimizdan uzr so‘raymiz. O‘yin uchun o‘ziga xos reja tayyorlagandik. Birinchi bo‘limda hisobni ushlab turib, ikkinchi taymda yangi kuchlarni maydonga tushirishni rejalashtirgandik. 20-daqiqagacha yaxshi o‘ynadik, ammo burchak to‘pidan gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin rejamiz buzildi. Oradan ko‘p o‘tmay ikkinchi golni ham o‘tkazib yubordik va futbolchilar muvozanatni yo‘qotishdi. Ikkinchi bo‘limdagi qizil kartochka esa rejamizni butunlay o‘zgartirib yubordi", — dedi Ahmedov.

"Andijon" ustozi 0:2 hisobidan keyin jamoa nega katta tavakkalchilik bilan hujumga o‘tganiga ham to‘xtaldi.

"Biz allaqachon 0:2 hisobida ortda qolayotgandik. Shuning uchun oldinga o‘tmaslikning iloji yo‘q edi. Hisobni tenglashtirish uchun tavakkal qildik. 2:0 yoki 3:0 hisobida yutqazish — baribir mag‘lubiyat. Shu sabab oxirigacha kurashib, hisobni qisqartirishga harakat qildik", — deya qo‘shimcha qildi murabbiy.

Ahmedov darvozabon Artyom Potapovning asosiy tarkibda maydonga tushirilishiga ham izoh berdi. Uning aytishicha, Potapov so‘nggi uchrashuvlarda ishonchli harakat qilgani va darvozasi daxlsizligini saqlab kelgani uchun unga yana imkoniyat berilgan.

Shuningdek, murabbiy Dragan Cheran bilan o‘rtasida kelishmovchilik borligi haqidagi gaplarni rad etdi.

"Oramizda hech qanday muammo yo‘q. Dragan bilan yaqin munosabatdamiz. So‘nggi o‘yinlarda uni ikkinchi taymda maydonga tushiryapmiz va u o‘yinni kuchaytirib beryapti. Bu haqda doim gaplashamiz. Hatto uning o‘zi ham raqib charchaganidan keyin maydonga tushib, jamoaga yordam berishni taklif qiladi. Bu uning o‘z tashabbusi", — dedi Islom Ahmedov.

"Paxtakor" — "Andijon" uchrashuvi 3:0 hisobida yakunlangandi. Mehmonlar ikkinchi bo‘limda Potapovning chetlatilishidan keyin bahsni bir kishi kam bo‘lib davom ettirdi.

Kiritildi: 13:57, 05.09.2026.
O'qildi: 591 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик