Yarim himoyachi Brunu Fernandesh avgust oyida «Manchester Yunayted»ning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Jamoa sardori klub muxlislari o‘rtasida o‘tkazilgan ovoz berishda g‘olib bo‘ldi. Sovrin uchun Kobbi Maynu va Markus Reshford ham da’vogarlik qilgan edi.
Avgust oyida «MYU» APLda ikkita uchrashuv o‘tkazdi. Fernandesh «Ipsvich»ga qarshi bahsda (5:2) ayniqsa ajralib turdi — u xet-trik qayd etib, yana bitta golli uzatma amalga oshirdi. O‘sha uchrashuvda portugaliyalik futbolchi o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.
Avvalroq Brunu Premyer-liganing 2-turida ham eng yaxshi futbolchi sovrinini qo‘lga kiritgan edi.













