"Yuventus"ning sobiq vingeri Duglas Kosta Italiya A Seriyasining 3-turidan o‘rin olgan "Milan"ga qarshi uchrashuv oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Yakshanba kuni stadionda bo‘lib, o‘yinni tomosha qilaman. "Yuventus" Konseysau va Makkennining gollari evaziga 2:1 hisobida g‘alaba qozonadi. Fransishku juda kuchli futbolchi, menga u juda yoqadi. Duglas Luisga ishonaman — u yaxshi futbolchi. Allegrini juda yaxshi ko‘raman, u bilan bog‘liq iliq xotiralarim bor", — dedi hozirda "Al-Ittifoq"da to‘p surayotgan braziliyalik futbolchi.
35 yoshli Duglas Kosta 2017 yildan 2021 yilgacha Turin klubi sharafini himoya qilgan. Shu vaqt ichida u 103 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urgan va 18 ta golli uzatma amalga oshirgan.
"Yuventus" — "Milan" uchrashuvi 6 sentyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs soat 23:45 da boshlanadi.













