«Liverpul» «Bavariya» vingeri Maykl Olisega qiziqish bildirishda davom etmoqda. Bu haqda jurnalist Kristian Falk xabar berdi.
«Bavariya» futbolchini jamoada saqlab qolishni istaydi. Myunxen klubi Olise bilan shartnomani uzaytirishga harakat qilmoqda va vingerni bunga ko‘ndirish uchun yangi kelishuvga tovon puli bandini kiritishga ham tayyor.
O‘tgan yozda Maykl Olise «Real» safiga o‘tishi mumkin edi. Madrid klubi futbolchini xarid qilishga qiziqish bildirgan, ammo «Bavariya» uni sotishdan bosh tortgan.













