Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Bundesliga. «Borussiya» «Xoffenxaym»ni kambek evaziga mag‘lub etdi

Bundesliga. «Borussiya» «Xoffenxaym»ni kambek evaziga mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Bundesliganing 2-turida «Xoffenxaym» o‘z maydonida Dortmundning «Borussiya» klubini qabul qildi. Mehmonlar 3:2 hisobida irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Mezbonlar birinchi bo‘lim oxirida Leon Abdullaxuning goli evaziga hisobni ochdi. Unga Vladimir Soufal golli uzatma berdi. 54-daqiqada Tim Lemperle «Xoffenxaym»ning ustunligini 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.

Shundan so‘ng «Borussiya» Dortmund kambek qildi. Seru Girassi va Fabiu Silva gol urgan bo‘lsa, Albian Xaydari o‘z darvozasiga gol kiritib qo‘ydi. Shu tariqa dortmundliklar uchta javob goli urib, 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Kiritildi: 20:55, 05.09.2026.
O'qildi: 1004 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик