Kirish Ro'yxatdan o'tish

A Seriya. «Roma» 90+3-daqiqadagi gol evaziga «Atalanta»ni mag‘lub etdi

A Seriya. «Roma» 90+3-daqiqadagi gol evaziga «Atalanta»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

«Roma» Italiya chempionatining 3-turidan o‘rin olgan uchrashuvda o‘z maydonida «Atalanta»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

47-daqiqada hisobni mehmonlar ochdi — Ederson gol urdi. «Roma» javob golini 90-daqiqada kiritdi: Mario Ermoso hisobni tenglashtirdi. Oradan uch daqiqa o‘tib, Matias Sule rimliklarga g‘alaba keltirgan gol muallifi bo‘ldi.

Final hushtagi yangraganidan keyin «Atalanta» yarim himoyachisi Janluka Gaetano qizil kartochka oldi.

«Roma» shu tariqa ketma-ket uchinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Poytaxt klubi 9 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. 6 ochkoga ega «Atalanta» esa 7-o‘rinni egallab turibdi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 04:08, 06.09.2026.
O'qildi: 842 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик