«Aston Villa» Angliya chempionatining 3-turidan o‘rin olgan uchrashuvda «Xall Siti» bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Bahs Xall shahridagi «MKM Stedium»da bo‘lib o‘tdi.
Shu tariqa, «Aston Villa» APLning joriy mavsumidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi. Jamoa 1 ochko bilan turnir jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi.
«Xall Siti» esa 7 ochko jamg‘argan holda 2-pog‘onadan joy olgan.













