Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Chalxanoglu «Inter»dagi eng yoqimli lahzasini aytdi

Chalxanoglu «Inter»dagi eng yoqimli lahzasini aytdi

Baho:
+ | -

Turkiyalik yarim himoyachi Hakan Chalxanoglu 2021 yilda «Inter» safiga qo‘shilgan va milanliklar bilan ikki marta Italiya chempioni bo‘lgan. Futbolchi «Inter»dagi eng yoqimli xotirasini aytib berdi.

«Menda «Inter» bilan bog‘liq juda ko‘p ajoyib xotiralar bor. Debyut qilgan kunimdanoq «neradzurri» muxlislarining mehri va iliq munosabatini his qilganman. Ular hatto men uchun alohida qo‘shiq o‘ylab topishdi va uni butun «San-Siro» stadioni kuylardi.

Eng yaxshi lahza? Bu borada hech qanday shubha yo‘q — klubga ikkinchi yulduzni olib kelgan Skudettoni qo‘lga kiritish. Buning ustiga, chempionlik «Milan»ning uy maydonida o‘tgan derbidan keyin rasmiylashgan edi», — deya Chalxanogluning so‘zlarini pianetamilan.it keltirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha «Inter» «Napoli»ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi.

Kiritildi: 04:18, 06.09.2026.
O'qildi: 606 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик