Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Kerrik Maynuga baho berdi

Kerrik Maynuga baho berdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Karrik yarim himoyachi Kobbi Maynu haqida fikr bildirdi.

21 yoshli futbolchi APLning o‘tgan turida «qizil iblislar»ga «Ipsvich»ni 5:2 hisobida mag‘lub etishda yordam berdi va maydonda 80 daqiqa harakat qildi.

«Kobbi o‘tgan mavsumning so‘nggi qismini juda yaxshi o‘tkazdi va o‘tgan hafta ham o‘zini yaxshi ko‘rsatdi. Biz uning o‘yinning ayrim jihatlarida qanday rivojlanayotganini ko‘ryapmiz.

Men u bilan ishlayotgan sakkiz oy davomida u juda katta o‘sishga erishdi. U bemalol: «Men jamoadaman, ko‘p o‘yinlarda maydonga tushyapman, hammasi joyida», deb o‘ylashi mumkin edi. Ammo u bundan ham ko‘prog‘iga intilishda davom etyapti.

Maynu yana bir yorqin mavsum o‘tkazishga qodir. U juda tez ulg‘ayyapti, garchi hali ham juda yosh bo‘lsa-da. Uning oldida hali hammasi bor», — dedi Karrik matbuot anjumanida.

Yakshanba kuni «Manchester Yunayted» «Everton»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 04:22, 06.09.2026.
O'qildi: 725 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик