Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Karius «Bavariya»ning dahshatli seriyasini to‘xtatdi

Karius «Bavariya»ning dahshatli seriyasini to‘xtatdi

Baho:
+ | -

«Shalke 04» Bundesliganing 2-turidan o‘rin olgan uchrashuvda «Bavariya» bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi.

Kutilganidek, myunxenliklar o‘yin davomida katta ustunlikka ega bo‘ldi, ammo Loris Karius qo‘riqlagan darvozani ishg‘ol qila olmadi.

The Touchline ma’lumotiga ko‘ra, «Bavariya» «Shalke 04»ga qarshi bahsga qadar Bundesligada ketma-ket 47 ta uchrashuvda kamida bittadan gol urgan edi.

Vensan Kompani jamoasi Germaniya chempionatida so‘nggi marta gol ura olmagan o‘yindan buyon 567 kun o‘tgan.

Ikki turdan so‘ng «Bavariya» 4 ochko jamg‘argan. Bundesligaga qaytgan «Shalke 04» hisobida esa hozircha 1 ochko bor, ammo bu ochko jamoa uchun ancha qimmatli bo‘ldi.

Kiritildi: 04:31, 06.09.2026.
O'qildi: 1269 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик