Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Obameyang 37 yoshida Moryentesning rekordini yangiladi

Obameyang 37 yoshida Moryentesning rekordini yangiladi

Baho:
+ | -

Pyer-Emerik Obameyang «Deportivo» safida mavsumni ajoyib tarzda boshladi.

Gabonlik hujumchi La Liganing dastlabki to‘rt turida 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi. Obameyang chempionatdagi har bir uchrashuvda gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shanba kuni «Vilyarreal»ga qarshi o‘yinda esa u goldan tashqari yana ikkita assist ham qayd etdi.

Opta ma’lumotiga ko‘ra, Obameyang La Liga tarixida bir klub safidagi dastlabki to‘rt o‘yinining barchasida natijaviy harakat qayd etgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi. U bu natijaga 37 yoshu 79 kunligida erishdi.

Avvalgi rekord Fernando Moryentesga tegishli edi. Ispaniyalik hujumchi 2006 yilda «Valensiya» safida La Liganing dastlabki to‘rt uchrashuvida natijaviy harakat qayd etgan. O‘sha paytda Moryentes 30 yoshu 193 kunlik edi.

Kiritildi: 04:36, 06.09.2026.
O'qildi: 717 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик