«Nissa» Fransiya chempionatining 3-turida o‘z maydonida Liga 1 debyutanti «Le-Man»ni qabul qildi va yana g‘alaba qozona olmadi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.
Shu tariqa, «Nissa»ning Fransiya chempionatidagi g‘alabasiz seriyasi 11 ta o‘yinga yetdi.
Jamoa Liga 1da so‘nggi bor 2026 yil 14 mart kuni, o‘tgan mavsumning 26-turida «Anje»ni mag‘lub etgan edi.
XXI asrda «Nissa»da bunchalik uzoq davom etgan g‘alabasiz seriya hali kuzatilmagan.
Klub tarixida bunday holat so‘nggi bor 1996/97 yilgi mavsumda ro‘y bergan. O‘shanda «Nissa» Fransiya chempionatida ketma-ket 14 ta uchrashuvda g‘alaba qozona olmagan edi.













