«Chelsi» hujumchisi Joau Pedro Londonning yana bir yirik klubi — «Arsenal» qiziqish doirasida bo‘lgan.
BBC jurnalisti Sami Mokbel ma’lumotiga ko‘ra, «kanonirlar» braziliyalik futbolchini avval asosiy transfer maqsadi hisoblangan Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvaresga alternativa sifatida ko‘rib chiqqan.
Biroq «Arsenal» rahbariyati Joau Pedro Mikel Arteta qo‘llaydigan taktik sxemaga to‘liq moslasha olishiga ishonch hosil qilmagan.
Avgust oyida Joau Pedro «Chelsi» bilan 2034 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzoladi.
Transfermarkt portali ekspertlari 24 yoshli futbolchining transfer qiymatini 80 million yevroga baholamoqda.













