Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

«Fulxem» tarixida uchinchi bor mavsumni uchta mag‘lubiyat bilan boshladi

«Fulxem» tarixida uchinchi bor mavsumni uchta mag‘lubiyat bilan boshladi

Baho:
+ | -

«Fulxem» Angliya chempionatining yangi mavsumini juda omadsiz boshladi. Jamoa hozirga qadar o‘tkazgan uchta uchrashuvining barchasida mag‘lubiyatga uchradi.

Avvalo, «dachniklar» «Chelsi»ga yutqazdi. Keyin «Sanderlend»dan mag‘lub bo‘ldi, so‘ng esa «Kristal Pelas» ham «Fulxem»ni ochkosiz qoldirdi.

Bu «Fulxem»ning Angliya yuqori divizionidagi ishtiroki tarixida mavsumning dastlabki uchta o‘yinida ham mag‘lub bo‘lgan uchinchi holatdir.

Bunday omadsiz start ilk bor 1951/52 yilgi mavsumda kuzatilgan. Keyin esa 2020/21 yilgi mavsumda ham jamoa dastlabki uch turning barchasida yutqazgan.

E’tiborlisi, har ikki holatda ham «Fulxem» mavsum yakunida yuqori divizionni tark etgan.

Kiritildi: 08:10, 06.09.2026.
O'qildi: 608 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик