«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland jamoaning yangi futbolchisi Iliman Ndiayening o‘yini haqida fikr bildirdi.
Senegallik vinger «shaharliklar» safidagi debyut uchrashuvida «Koventri»ga qarshi 87-daqiqagacha maydonda harakat qildi. Bahs «Manchester Siti»ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
«Ndiayening mahorati darhol ko‘zga tashlanadi. U raqiblarni qanday aldab o‘tishi, ularning yonidan go‘yo sirg‘alib o‘tishi — ajoyib!
Bizning barcha yangi futbolchilarimiz juda iqtidorli. Klub ularni aynan shuning uchun ham xarid qildi», — deya norvegiyalik hujumchining so‘zlarini City Report keltirmoqda.
Shanba kungi uchrashuvdagi yagona gol muallifi aynan Xoland bo‘ldi.
«Manchester Siti» Iliman Ndiayeni transfer oynasining so‘nggi kunida «Everton»dan 70 million yevroga sotib olgan edi.













