Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor
11/09 23:45 Venetsiya 2-4 Fiorentina
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves

Xoland: «Transfer oynasi fantastik o‘tdi»

Xoland: «Transfer oynasi fantastik o‘tdi»

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland klubning transfer bozoridagi ishlarini yuqori baholadi.

«Shaharliklar» yozgi transfer oynasida yangi futbolchilar uchun umumiy hisobda 525 million yevrodan ortiq mablag‘ sarfladi. Futbolchilar sotuvidan tushgan daromad esa 340 million yevrodan kam bo‘ldi.

«Aytish mumkinki, biz hali ham jamoani qayta qurish bosqichidamiz, ammo transfer oynasi fantastik o‘tdi.

Klub va xodimlar katta maqtovga loyiq. Ular nafaqat ajoyib futbolchilarni, balki kuchli xarakterga ega, jamoaga juda yaxshi moslashayotgan insonlarni ham olib kelishdi», — deya Xolandning so‘zlarini City Xtra keltirmoqda.

Enso Mareska jamoasi APLning yangi mavsumidagi dastlabki uchta o‘yinning barchasida g‘alaba qozondi.

Shanba kuni «Koventri»ga qarshi uchrashuvda yagona gol muallifi aynan Xoland bo‘ldi.

Kiritildi: 08:16, 06.09.2026.
O'qildi: 673 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик