Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Kovach «Borussiya» bilan 50-o‘yinida klub rekordini yangiladi

Kovach «Borussiya» bilan 50-o‘yinida klub rekordini yangiladi

Baho:
+ | -

Germaniya chempionatining 2-tur uchrashuvlari davom etmoqda. Dortmundning «Borussiya» klubi safarda «Xoffenxaym» ustidan irodali g‘alaba qozondi. Birinchi bo‘limdan keyin «asalarilar» 0:1 hisobida ortda borayotgan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, bu «Borussiya» bosh murabbiyi Niko Kovach uchun Bundesligada jamoa boshqaruvidagi 50-uchrashuv bo‘ldi va u g‘alaba bilan yakunlandi.

Bundan tashqari, xorvatiyalik mutaxassis «Borussiya» bosh murabbiyi sifatida Bundesligada jami 107 ochko to‘pladi. Bu Dortmund klubi uchun yangi rekord hisoblanadi.

Bundesliganing keyingi, 3-turida «Borussiya» o‘z maydonida «Paderborn»ni qabul qiladi. Uchrashuv 12 sentyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 08:25, 06.09.2026.
O'qildi: 675 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик