Kirish Ro'yxatdan o'tish

Frenki de Yong jarohatidan qachon tuzalishi aytildi

Frenki de Yong jarohatidan qachon tuzalishi aytildi

Baho:
+ | -

"Barselona" murabbiylar shtabi jarohat olgan yarim himoyachi Frenki de Yong xalqaro tanaffus yakunlanganidan keyin, 8 oktyabrga qadar to‘liq tiklanishini kutmoqda. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, agar noqulaylik yoki jarohat qaytalanishi bilan bog‘liq asoratlar yuzaga kelmasa, futbolchi shu muddatda safga qaytishi mumkin.

29 yoshli yarim himoyachi klub o‘yinlaridan bo‘sh vaqtdan foydalanib, o‘zi tanlagan konservativ davolash kursini to‘liq yakunlashni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Niderlandiya terma jamoasi yarim himoyachisi 2026 yilgi jahon chempionati vaqtida o‘ng tizzasining medial kollateral bog‘lami uzilishi jarohatini olgan.

De Yong 2019 yil yozidan beri "Barselona" sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 35 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 13:07, 06.09.2026.
O'qildi: 1247 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик