4 sentyabr, juma kuni "Liverpul" APL 3-turi doirasida "Ipsvich Taun"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuvning 64-daqiqasida "qizillar"ning yangi futbolchisi Bredli Barkola debyut qildi.
24 yoshli fransiyalik vinger 2026/27 mavsumida APLda tezlik bo‘yicha rekord o‘rnatdi. U 35,9 km/soat tezlikka chiqdi.
FotMob ma’lumotiga ko‘ra, bu joriy mavsumda Premyer-ligada qayd etilgan eng yuqori tezlik hisoblanadi.
Barkola 31 avgust kuni "Liverpul" safiga qo‘shilgan edi. Uning transfer qiymati 125 million yevroni tashkil qildi.













