"Beshiktosh" Turkiya chempionatining 4-turida "Fenerbaxche" ustidan irodali g‘alabaga erishdi.
Shanba kuni Istanbuldagi "Ulker Fenerbaxche Shyukryu Sarajog‘lu" stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv Vinchenso Italyano shogirdlarining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Martin Shkrinyarning goliga mehmonlar Ridvan Yilmaz va Dushan Vlaxovichning aniq zarbalari bilan javob qaytardi.
"Beshiktosh" 9 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi. "Fenerbaxche" esa 6 ochko bilan 5-pog‘onada bormoqda.
11 sentyabr kuni "Beshiktosh" o‘z maydonida "Erzurumspor"ni qabul qiladi. "Fenerbaxche" esa 14 sentyabr kuni safarda "Gaziantep"ga qarshi o‘ynaydi.













