Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Ndiaye «Manchester Siti»ning har bir o‘yindagi maqsadini aytdi

Ndiaye «Manchester Siti»ning har bir o‘yindagi maqsadini aytdi

Baho:
+ | -

Senegallik vinger Iliman Ndiaye «Everton»dan «Manchester Siti»ga o‘tishi haqida fikr bildirdi.

«Manchester Siti» — dunyodagi eng yirik klublardan biri. Kim bu yerda o‘ynashni istamaydi? Bu yerda sovrinlarni qo‘lga kiritish uchun maydonga tushasiz. Har bir o‘yindagi maqsad — g‘alaba», — deya yarim himoyachining so‘zlarini insayder Fabrisio Romano o‘z ijtimoiy tarmoqlarida keltirdi.

Ndiaye yozgi transferlar oynasida «shaharliklar» safiga qo‘shildi. Transfer qiymati 70 million yevroni tashkil etdi. Senegallik futbolchi «Manchester Siti» bilan 2031 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzoladi.

Joriy mavsumda Iliman APLda 3 ta uchrashuv o‘tkazib, 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:37, 06.09.2026.
O'qildi: 775 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик