Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

«Arsenal» yangi hujumchi uchun harakat qiladi

«Arsenal» yangi hujumchi uchun harakat qiladi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi qishki transferlar oynasida jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirishga harakat qiladi. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.

«Kanonirlar» o‘tgan yozda amalga oshira olmagan yangi hujumchini tarkibiga qo‘shishni istamoqda. Avvalroq matbuotda London klubi argentinalik Xulian Alvares va braziliyalik Vinisius Juniorga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Mikel Arteta shogirdlari Angliya Premyer-ligasining yangi mavsumini 2 ta g‘alaba bilan boshladi. «Arsenal» 6 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi.

«Kanonirlar» keyingi uchrashuvni safarda «Chelsi»ga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 6 sentyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 14:49, 06.09.2026.
O'qildi: 808 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик