Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor
11/09 23:45 Venetsiya 2-4 Fiorentina
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya

Dimarko «Real»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin

Dimarko «Real»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin

Baho:
+ | -

«Inter» himoyachisi Federiko Dimarko A Seriyaning 3-turidan o‘rin olgan «Napoli»ga qarshi o‘yinda (3:2) chap tizisidan jarohat oldi.

Futbolist milanliklarning g‘alabasi bilan yakunlangan uchrashuvning 62-daqiqasida maydonni tark etdi.

Tibbiy tekshiruvdan so‘ng Dimarkoda chap tizining yengil sozilish jarohati tashxislangan. «Inter» o‘yinchining salomatligini xavf ostiga qo‘yishni istamayapti, shu sababli uning Chempionlar ligasi doirasidagi «Real»ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi so‘roq ostida qolmoqda.

Sky Sport xabariga ko‘ra, hozirda Dimarkoning Madriddagi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushishini tasavvur qilish qiyin, ammo u baribir jamoa bilan birga Ispaniyaga yo‘l olishi mumkin.

«Real» – «Inter» uchrashuvi seshanba kuni «Santyago Bernabeu» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 16:04, 06.09.2026.
O'qildi: 673 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик