Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 3-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona 5-1 Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart 3-1 Viking
09/09 23:59 Liverpul - Atletiko
09/09 23:59 Napoli - Arsenal
09/09 23:59 PSJ - Sporting
09/09 23:59 Sporting - Galatasaroy
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

Alonso Ris Jeymsni yarim himoyada jahon darajasidagi futbolchi bo‘lishi mumkin deb hisoblaydi

Alonso Ris Jeymsni yarim himoyada jahon darajasidagi futbolchi bo‘lishi mumkin deb hisoblaydi

Baho:
+2 | -

"Chelsi" bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoa himoyachisi Ris Jeymsning yarim himoyadagi o‘yiniga yuqori baho berdi.

Jeymsning yarim himoyada jahon darajasidagi futbolchiga aylanishi mumkinmi, degan savolga Alonso ijobiy javob qaytardi.

"Menimcha, ha. U bu pozisiyada o‘zini juda erkin va ishonchli his qiladi.

Unda bu yerda o‘ynash uchun kerakli futbol intellekti bor. Chunki maydon markazida sheriklar bilan to‘g‘ri hamkorlik qilish va to‘pni qabul qilishdan oldin nimani qilish kerakligini bilish juda muhim.

Unda o‘yinni shunday tushunish qobiliyati bor. Men uni markazda juda yaxshi o‘ynaganini eslayman. Shu sabab biz uni bu pozisiyada ishlatyapmiz va u yarim himoyachi sifatida ko‘p o‘yin vaqti oladi.

Mening fikrimcha, u jismonan tayyor va kuchga to‘la bo‘lsa, Premyer-ligada bemalol raqobat qila olishini ko‘rsatdi. Yarim himoyachi sifatida ko‘plab sodda va to‘g‘ri qarorlar qabul qilish kerak. Sen o‘yinning markazida bo‘lasan va doimo jarayonga qo‘shilib turishing zarur.

Ris o‘yinga juda faol jalb qilingan va qayerda bo‘lishi kerakligini yaxshi biladi. U sheriklariga yordam bera oladi. Bu men uchun juda muhim, chunki u jamoada katta nufuzga ega. Sheriklari uni hurmat qiladi. U biror narsa aytsa, ular tinglaydi va ortidan ergashadi", — dedi Alonso.

"Arsenal"ga qarshi uchrashuvda Jeymsning yarim himoyada o‘ynashi mumkinligi haqida ham murabbiy fikr bildirdi.

"Jamoa ichida o‘yinga tayyor ekanimizga ishonch bor. Agar mavsum davomida jarohatlar yoki diskvalifikasiyalar sabab qiyinchiliklarga duch kelsak ham, buni yengib o‘ta olishimizga ishonamiz.

Vaqt ko‘rsatadi, ammo hozir u bu pozisiyada juda muhim rol o‘ynayapti. Men jamoani qabul qilib olishimdan oldin ham uning bu yerda o‘ynay olishini bilardim", — dedi mutaxassis.

"Chelsi" bugun APL 3-turida safarda "Arsenal"ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:30 da boshlanadi.

Kiritildi: 16:24, 06.09.2026.
O'qildi: 698 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик